<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>The author's name</first-name>
<last-name>The author's last name</last-name>
</author>
<book-title>Kitob nomi</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Sana</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Baribir men seni topardim... 1 qism</p>
</title>
<section><p>Inobat xola eshikka suyanib,</p>
<p>chuqur xo‘rsindi. Akmalga</p>
<p>nima deydi? Bu oltinchi</p>
<p>joydan qaytishi, hammasida</p>
<p>bir xil javob...</p>
<p>Xola horg‘in qadam tashlab,</p>
<p>ichkariga kirdi. O‘g‘li uyda yo‘q</p>
<p>edi. Ustaxonasida bo‘lsa kerak.</p>
<p>Inobat xola tugunini xontaxta</p>
<p>ustiga qo‘yib, to‘shakka o‘tirdi</p>
<p>va ko‘zlarini yumdi.</p>
<p>Kimningdir oldida izza</p>
<p>bo‘lishdan qochib, sovchilikka</p>
<p>doim o‘zi boradi. Chunki o‘g‘li…</p>
<p>Eshik g‘iyqillab ochildi. Akmal</p>
<p>eshik tutqichini mahkam</p>
<p>ushlaganicha, onasining</p>
<p>huzuriga kirdi. Akmalning yuzi</p>
<p>istarali, qop-qora qosh-ko‘zlari</p>
<p>chiroyli. Ko‘rgan odam borki</p>
<p>havas qiladi, lekin oyog‘i…</p>
<p>Akmal tug‘ilganida Inobat xola</p>
<p>ko‘p azob chekkandi. U paytlar</p>
<p>tibbiyot unchalik</p>
<p>rivojlanmaganmidi yoki</p>
<p>operatsiya qildirish rasm</p>
<p>bo‘lmaganmidi, qiynalib</p>
<p>tug‘ilgan bolaning oyog‘iga</p>
<p>shikast yetdi. Inobat esa</p>
<p>shundan keyin farzand</p>
<p>ko‘rolmaydigan bo‘lib qoldi.</p>
<p>Shiringina bolakay uch</p>
<p>yoshida qiynalib qadam</p>
<p>tashladi.</p>
<p>Yolg‘iz, tag‘in bunaqa bolaga</p>
<p>qanoat qilmadimi yoki bu bir</p>
<p>bahona bo‘ldimi, eri ham</p>
<p>tashlab ketdi. Inobat yig‘ladi-</p>
<p>siqtadi, najot yo‘q, ovundi.</p>
<p>Bolasini yolg‘iz o‘zi katta qildi.</p>
<p>Maktabni bitirganida institutga</p>
<p>kiritishga qurbi yetmasligini</p>
<p>tushundi va o‘g‘li shu</p>
<p>paytgacha o‘rganib olishga</p>
<p>ulgurgan hunariga yo‘l berildi.</p>
<p>Mo‘jazgina hovlining devori</p>
<p>olindi va kichikroq hujra</p>
<p>solindi. Akmal alohida eshikli</p>
<p>shinam ustaxonada etikdo‘zlik</p>
<p>qila boshladi. Mijozlari</p>
<p>ko‘paydi, hunari bilan birga</p>
<p>ro‘zg‘orlariga ham baraka</p>
<p>kirdi, ona-bola yillar davomida</p>
<p>shu baxt sari harakat</p>
<p>qilganlarini tushungandek</p>
<p>bo‘ldilar. Lekin bu baxt</p>
<p>navbatdagi muammo oldida</p>
<p>yo‘qqa chiqib turibdi.</p>
<p>Uylanadigan vaqti keldi, hatto</p>
<p>bir oz o‘tdi ham. Akmalga hech</p>
<p>kim qizini bermadi. Uning</p>
<p>odobiga, mehnatiga havas</p>
<p>qildilar, soppa-sog‘</p>
<p>takasaltanglarga o‘rnak qilib</p>
<p>ko‘rsatdilar, lekin hech kim</p>
<p>qizini bermadi. Unga</p>
<p>achindilar, onasiga achindilar.</p>
<p>Lekin ona tinimsiz eshik qoqdi,</p>
<p>yigit umid bilan kutdi. Qiz</p>
<p>bermadilar.</p>
<p>Takasaltanglar uylanib ketdi,</p>
<p>ko‘rimsiz qizlar-da tengini</p>
<p>topdi. Akmal bo‘ydoqligicha</p>
<p>qoldi.</p>
<p>Shu…</p>
<p>* * *</p>
<p>Akmal onasining ko‘ziga bir</p>
<p>qarashdayoq hammasini</p>
<p>tushundi. Shuning uchun nima</p>
<p>bo‘ldi deb so‘rab o‘tirmadi.</p>
<p>Ona-bola choy ichdilar va</p>
<p>Akmal yana ustaxonasiga</p>
<p>chiqib ketdi. Agronomning</p>
<p>kirza etigiga mix urayotib,</p>
<p>o‘yga berildi. Onasi yorilsa</p>
<p>ham bo‘lardi. «Sening ham</p>
<p>tenging bordir bolam» deb</p>
<p>yig‘lasa, balki yozilarmidi?!</p>
<p>O‘shanda uchinchi sinfda</p>
<p>o‘qishardi. Mana shu etik</p>
<p>egasining qizi Mohira bilan</p>
<p>sinfdosh edilar. Bir kun</p>
<p>nimadir bo‘ldi-yu, muallim</p>
<p>Akmalni Mohiraning oldiga</p>
<p>o‘tqazib qo‘ydi. Ertasiga</p>
<p>darsga kelganlarida parta</p>
<p>ustida «M+A=S» degan yozuv</p>
<p>paydo bo‘lgandi. Akmal</p>
<p>o‘chirishga ulgurmadi.</p>
<p>Kimningdir bolalarcha</p>
<p>qilig‘idan sinfda gap bolaladi</p>
<p>va hamma Mohirani ermaklay</p>
<p>boshladilar. Mohira esa bor</p>
<p>alamini yig‘di va uch so‘zga</p>
<p>joyladi:</p>
<p>«Turqing qursin, cho‘loq!».</p>
<p>Murg‘akkina go‘dak sumkasini</p>
<p>ham olmay, oqsoqlanganicha</p>
<p>uylariga chopib keldi. Yostiqqa</p>
<p>boshini burkab rosa yig‘ladi,</p>
</section>
</body>
</FictionBook>